Buxoroda qimmatbaho metallarga ega yer uchun $600 ming so‘ragan shaxs ushlandi

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yashovchi, 1973 y.t. xususiy tadbirkor Buxoro viloyatining Peshku tumani hududidagi oltin va boshqa qimmatbaho metallarga ega bo‘lgan davlat zaxirasidagi 290 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari yordamida auksion savdolari orqali olib berishni vaʼda qilib, Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 y.t. fuqarodan 600 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun bir necha marotaba sudlangan mazkur shaxs oldindan 230 ming AQSH dollari va 840 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21112 | Инструменты