Huawei 1
Xotin-qizlar faolining 7 ta vazifasi belgilandi

Mahallalarda oila va xotin-qizlar masalasiga oid ishlarni namunali tashkil etish maqsadida 21 ta vazirlik va idoraning quyi tuzilmalari vakillaridan iborat har bir mahalla uchun alohida kichik ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi belgilandi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva maʼlum qildi:

Xotin-qizlar faolining quyidagi asosiy 7 ta vazifasi  aniqlashtirildi:

Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish, taʼlim olish va har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni tashkil qilish;

Xotin-qizlar o‘rtasida reproduktiv salomatlik qoidalarini, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va sportni ommalashtirish;

Xotin-qizlarni kasbga o‘qitish, bandligini taʼminlash, oilaviy va xususiy tadbirkorlikka jalb etish hamda hunarmandlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish;

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish;

Xotin-qizlar masalalalari bo‘yicha mahalladagi “yettilik” bilan ish olib borish, mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112923 | Инструменты