Huawei 1
Xususiy bog‘cha va maktablar to‘lovi uchun ota-onalar 17 mlrd so‘mdan ortiq soliq imtiyozidan foydalandi

Fuqarolar 2022-yil uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarda ta’lim olish uchun yo‘naltirgan daromadlari bo‘yicha 17,7 mlrd so‘m soliq imtiyozidan foydalangan.

Shundan:

- 9 731 nafar fuqaro jami yillik deklaratsiya topshirish orqali 15,3 mlrd so‘m daromad soligʻi summasini qaytarib olgan;

- 1 079 ta korxona va tashkilotlarda ishlovchi 1 698 nafar fuqaroga ish beruvchi tomonidan toʻlov manbaida 2,4 mlrd soʻmlik daromad soligʻidan imtiyoz qoʻllanilgan.

Eslatib o’tamiz, 2022-yil 1-apreldan xususiy bog’cha va maktablar uchun toʻlanadigan oyiga 3 mln soʻmgacha boʻlgan toʻlovlar daromad solig’iga tortilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42817 | Инструменты