"Yangi Angren" IESda nosozlik yuzaga keldi

9 mart kuni soat 21:00 da «Yangi-Angren» issiqlik elektr stansiyasida energobloklarga ko'mir yetkazib berish tizimidagi nosozlik tufayli dastlab ishlab chiqarish quvvati 100 mVtga pasayishi kuzatildi. So'ngra soat 21:17 da 200 mVt quvvat bilan ishlayotgan 4-energoblokka yoqilg'i berish to'xtab qolganligi tufayli avariya holatini oldini olish maqsadida energoblok stansiya xodimlari tomonidan favqulotda o'chirildi. Stansiyaning umumiy quvvati 800 mVtdan 420 mVtgacha pasayib ketdi. Bu haqida "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ xabar qildi.

Sodir bo'lgan nosozlik tufayli energetika tizimida avariyaga qarshi avtomatika ishlashi natijasida iste'molchilar elektr ta'minotida uzilishlar yuz berdi va ayna paytda elektr ta'minotidagi muvozanat xavfsizligini ta'minlash uchun cheklovlar kiritilishiga majbur bo'linmoqda.

Milliy dispetcherlik markazi ma'lumotlariga ko'ra, bunday holat ushbu stansiyada birinchi marta kuzatilayotgani yo'q. Mart oyining 9 kuni davomida, operativ ma'lumotlarga ko'ra, energobloklarda 5 marta o'chish holatlari sodir bo'lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40907 | Инструменты