Huawei 1
Yangi o‘quv yilidan maktablarda 6 ta fan o‘tilmasligi haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda yangi o'quv yilidan ayrim fanlarning o'tilmasligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, tarqalayotgan xabarlarda maktablarda jismoniy tarbiya, chaqiriqqa qadar boshlangʼich harbiy tayyorgarlik, musiqa madaniyati, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya, tarbiya fanlarining o'tilmasligi aytilgan.

Vazirlikning ta'kidlashicha, ushbu xabarlar 2020-yil karantin davrida eʼlon qilingan. Shuningdek, bu choralar pandemiya davrida oʼquvchilarning sogʼligʼini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlash va ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida joriy etilgan.

"Ayni damda ushbu maʼlumotlar mutlaqo asossiz ekanligini maʼlum qilamiz. Blogerlardan haqiqatga zid bo'lgan yolg'on axborotlarni tarqatmaslikni so'rab qolamiz", - deyiladi munosabatda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты