Huawei 1
Yangi Toshkent hududidagi 50 gektar maydonda yirik “Akva park” quriladi

Toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent hududidagi 50 gektar maydonda yirik “Akva park” qurilishini ma’lum qildi. 

Ushbu maqsad uchun 200 million dollar mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, nomzodning ta’kidlashicha, Yangi Toshkent hududida umumiy maydoni 35 gektar bo‘lgan sun’iy ko‘l tashkil qilinib, odamlarimizning madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq, Shavkat Mirziyoyev poytaxtda 100 kilometr velosiped yo‘laklari, 32 ta sayilgoh, 30 ta yashil hudud va xiyobonlar barpo qilinishi ma'lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72509 | Инструменты