O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kelgusi yetti yilda poytaxtni “yashillashtirishga” oid rejalar haqida to‘xtaldi.
“Bugungi kunda poytaxtimizda yashil maydonlar 900 gektarni tashkil qiladi. Kelgusi yetti yilda bu hududni 5 barobar ko‘paytirib, 5 ming gektarga yetkazamiz.
Buning uchun:
- shahar bo‘ylab har yili kamida 1 million dona manzarali, mevali ko‘chatlar va qalamchalar ekiladi;
- har bir mahallada 1 mingtadan daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom ettiriladi;
- Yashnobod, Yangihayot, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 4 ming gektar maydonda yashil va “tematik” bog‘lar barpo qilinadi.
Shuningdek, shahar bo‘ylab 100 kilometr velosiped yo‘laklari, 32 ta sayilgoh, 30 ta yashil hudud va xiyobonlar barpo qilinadi”, – dedi nomzod.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72608 | Инструменты