Yangihayot va Sirdaryo tumanlarida elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga zarar yetkazish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Suvsozabonentxizmati” UK mas’ul shaxslari elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan tumandagi ko‘p qavatli turar-joy majmuasiga ichimlik suvi yetkazib beruvchi stansiyaga quvvati 22 kVt bo‘lgan 6 dona suv nasoslarini noqonuniy ulab elektr energiyasidan foydalanilganligi aniqlandi. Natijasida hududiy elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 804,1 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Sirdaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli nasos stansiyasida umumiy quvvati 220 kVt bo‘lgan suv nasoslaridan foydalanishda elektr hisoblagich plombasiga qasddan shikast yetkazilib elektr energiyasidan foydalanib kelganligi oqibatida hududiy elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 247,1 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40709 | Инструменты