Huawei 1
Yangiyer shahar hokimi "uzoq muddatli samarali xizmati uchun" oyligiga qo‘shimcha qilib ustama puli yozdi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov uzoq muddat xizmat qilgani uchun 2022-yil 3-oktyabrdan boshlab o‘ziga o‘zi 30 foiz miqdorida lavozim maoshiga nisbatan har oylik ustama haq belgilanishini tasdiqlovchi farmoyishni imzoladi.

Qarorda yozilishicha, xodimning uzoq muddat xizmat qilganlik davri belgilangan mezon bo‘yicha keyingi bosqichga to‘gri kelsa, shuningdek xodimlar almashinuvi amalga oshirilganda ustama haqlari qayta ko‘rib chiqilishi ta’kidlangan.

Eslatib o'tamiz, Otabek Nosirov joriy yil 28-sentabrda ushbu lavozimga tayinlangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112302 | Инструменты