Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 % ga oshgan.
Yillik isteʼmol narxlari indeksi (INI) 107,2 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2025 yil yanvar — 109,9 %) nisbatan 2,7 foiz bandga pasaydi.
Yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,8 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 % ga hamda aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,8 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan bulg‘or qalampiri (18,5 %), banan (6,3 %), qovoq (4,2 %), limon (4,9 %), uzum (3,4 %), olma (2,1 %), kartoshka (1,9 %), sabzi (1,8 %), qo‘y go‘shti (1,6 %) va mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) (1,0 %), tovuq tuxumi (0,5 %), parranda go‘shti (1,5 %) va birinchi navli bug‘doy uni (0,5 %) narxlarining oshishi inflyatsiyaga asosiy taʼsir ko‘rsatdi.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan inflyatsiyani pasaytiruvchi omil sifatida pomidor (-2,1 %) va barcha navdagi guruch, guruch oqshog‘i (-1,8 %) narxlarining pasayishi muhim hissa qo‘shdi.
Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan propan (8,9 %), qimmatbaho metallardan yasalgan nikoh uzuklari (7,0 %) hamda AI-92 markali benzin (0,6 %) narxlarida o‘sish kuzatildi.
Shuningdek, xizmatlar narxi va tariflarida shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalash (281,8 %), mobil aloqa xizmatlari (2,4 %), erkaklar va o‘g‘il bolalar uchun sartaroshxonalar xizmatlari (0,9 %) va taksida yo‘l haqi (0,6 %) narxlari oshishi asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20713 | Инструменты