Yashnobod tumanida gaz ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi
22 sentabr kuni “Hududgaz Poytaxt” GTF "Yashnobodtumangaz" ta'minoti bo'limi tomonidan tumandagi aholi iste'molchilariga kuz-qish mavsumida tabiiy gazni bir me'yorda yetkazib berish maqsadida "Mo'ynoq" ko'chasida joylashgan gaz taqsimlash punktlarini mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan tumandagi "Izzat" ko'chasidagi 50ta, "Qirg'izboy ota" ko'chasidagi 80 ta, "Musaffo" ko'chasidagi 70 ta yerli xonadonlar hamda mazkur ko'chadagi barcha ulgurji iste'molchilari soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minotidan vaqtinchalik to'xtatiladi.
Ta'mirlash ishlaridan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40500 | Инструменты