Yilning oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Dushanba kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Bu kun dekabr oyi oxiridagi eng iliq kun bo‘ladi. Kunduzi havo +13…+18 darajagacha ko‘tariladi.
30–31 dekabr kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30 dekabrda havo harorati pasayishi boshlanadi, 31 dekabrga borib, harorat +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi.
1–2 yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 1 yanvar kuni bazi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 1 yanvarda +3…+8 daraja, 2 yanvarda +8…+13 darajani tashkil etadi.
3−4 yanvar kunlari respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
3 yanvar kuni, 4 yanvar kuni kechasi va ertalab respublika bo‘yicha baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 4 yanvarga borib, kunduzgi harorat asta-sekin 0…+5 darajagacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda ayrim kunlarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Tog‘larda vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida dushanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +15…+17 daraja bo‘ladi. 30 dekabrda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +11…+13 daraja bo‘ladi. 31 dekabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi +8…+10 daraja bo‘ladi.
1–2 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 1 yanvarda +5…+7 daraja, 2 yanvarda +11…+13 daraja bo‘ladi. 3 yanvar va 4 yanvarga o‘tar kechasi vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Kunduzgi harorat asta-sekin 0…+5 darajagacha pasayadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122915 | Инструменты