O‘zbekistonda yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan yo‘nalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin. Bu haqda joriy yilning 10 oktyabr kuni qabul qilingan “Yo‘l harakati qoidalariga jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorida keltirilgan.
Unga ko‘ra, boshqa transport vositalari alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno.
Shuningdek, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yo‘ldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh xududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, bunda transport vositasi mazkur yo‘lakda harakatlanib kelayotgan yo‘nalishli transport vositasi harakatiga to‘sqinlik qilmasligi va unga yo‘l bergandan so‘ng yondosh hududga kirish yoki chiqish harakatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101600 | Инструменты