“Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–368-son, 04.12.2025 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Toshkent shahri transport tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutildi, jumladan:
- aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish;
- avtobusning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkazish;
- transport vositalari uchun 150 ming o‘rinli to‘xtab turish joylarini tashkil etish;
- metropoliten tarmog‘i uzunligini 103 kmga yetkazish.
Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
- zamonaviy raqamli va “yashil” texnologiyalarni qo‘llash orqali Toshkent shahrida transport, yo‘lovchi va piyodalar oqimlarini uzluksiz monitoring qilish asosida yo‘l harakatini tashkil etish,
- Toshkent shahrining transport master rejasini yaratish;
- hududlardan kirib keladigan asosiy avtomobil yo‘llaridagi jamoat transporti bosh bekatlari (avtobus va metro) kesishmalarida transport vositalarining ko‘p qavatli to‘xtab turish joylarini tashkil qilish;
- Toshkent shahri yerusti metro liniyalari hamda yo‘l o‘tkazgichlari ostida, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda, transport vositalarining to‘xtab turish joylarini tashkil qilish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120515 | Инструменты