Huawei 1
Yo'lda havfli holat sodir etgan Spark va Lasetti haydovchilariga chora ko‘rildi

Qoidabuzar Spark va Lasetti rusumli avtomashina haydovchilariga chora ko‘rildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo'l harakati xavsizligi boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda Spark rusumli avtomashina hamda Lasetti-2 rusumli avtomashina haydovchilari, yo'l harakati qoidalarini buzib havfli holat sodir etib harakatlanganliklari aks etgan video tarqaldi.

Holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, haydovchi 1997 yilda tug‘ilgan M.E.ga va 2003 yilda tug‘ilgan L.Sh.ga nisbatan o'rnatilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi MJTK ning 128 prim 5-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda haydovchilar bilan profilaktik suhbat olib borildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты