YouTube so'nggi haftalarda platformaning qayta ishlangan dizaynini sinovdan o'tkazdi. 9to5google videoxostingning mobil va desktop talqinlarida bosh sahifalar qanday bo‘lishini ko‘rsatdi.
O'tgan kun davomida ushbu qayta dizayn ish stoli va mobil internetda ikki foydalanuvchi uchun qisqa vaqt ichida ko'ringan va ular buni screenshot qilib olishgan.
iPad planshetidagi Safari brauzerida yangilangan YouTube quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Ayni paytda, eskizlar endi bosh sahifada, shuningdek, qidiruv va video sahifalarida yumaloq burchaklarga ega. Ya'ni turli mavzulardagi karusel burchaklari yumaloqroq to‘rtburchak ko‘rinishida bo'lgan. "Shorts" roliklar burchaklari bosh sahifada ham video sahifasidagi qidiruvda ham yanada dumaloqlashdi. Layk/dizlayk, "ulashish" va hokazo tugmalar tabletka shaklida.
Kompyuterlar uchun ish stolida ko'proq o'zgarishlar mavjud. Eng muhimi, oldin kulrang ko'rinishda bo'lgan ish stoli hozir "AMOLED" ya'ni tim qora rangga o'zgartirilgan.
Android uchun YouTube Music ham ushbu dizaynga oʻtdi. Bundan tashqari, ba'zi karusellar, masalan, Shortslar, och kulrang konturli alohida kataklarga joylashtirilgan.
YouTube’ning bosh sahifasini qayta loyihalash hali sinovdan o‘tmoqda va hali keng tarqalmagan. Agar qayta dizaynni ko'proq odamlar ko'rsa va unu ma'qullasa, bu tezroq tasdiqlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80212 | Инструменты