So’nggi yillarda avtomobillarning ko’payishi va shunga bog’liq bir necha omillar sabab YTHlar soni ortib bormoqda.
Ayniqsa, bunday nohush holatlarda begunoh bolalar va fuqarolarning qurbon bo’layotgani achinarli holat. Shu sabab endi bu muammoga qisman bo’lsa-da yechim topiladigan bo’ldi.
Mas’ullarning bildirishicha, respublikadagi barcha mahallalarga YPX inspektorlarining biriktirilgani joylardagi mavjud muammolarni bartaraf etishda yaxshi natija ko’rsatadi.
Jumladan, mahallalardagi yo’l harakati bilan bog’liq muamolarning yuzaga kelish sababi o’rganiladi. Shuningdek, sodir etilishi mumkin bo’lgan yo’l transport hodisalarining oldi olinishi kutilmoqda.
“Mahalladagi profilaktika inspektorlari, mahalla raisi, xotin-qizlar yetakchilari va hokim yordamchilari bilan birgalikda xizmat olib boriladi. Shaharda xizmat qilayotgan barcha YPX inspektorlari 600 ga yaqin mahllalarga to’liq biriktirildi“,- deydi Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganov.
Shuningdek, yo’l patrul inspektorlari nafaqat mahalla hududi balki, u yerdagi maktab va bog’chalarda ham keng qamrovli targ’ibot ishlarini olib borishadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111701 | Инструменты