"Hududgazta'mimot"ning xabar berishicha, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Shu sababli tumanning ayrim joylarida ta'mirlash ishlari yakunlangunga qadar tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi.
Shundan:
6-kvartilda 43 ta ko'p qavatli uyning 2450 ta xonadonida;
7-kvartilda 50 ta ko'p qavatli uyning 2700 ta xonadonida;
15-kvartilning 56 ta ko'p qavatli uyning 3500 ta xonadonida;
"Iftixor" MFYning 700 ta, "Turk qo'rg'on" MFYdagi 800 ta, "Registon" MFYdagi 520 ta va "Otchopar" MFYdagi 1000 ta uy xo'jaliklarida gaz o'chadi.
Shuningdek, 17 ta kasalxona, 3 ta maktab, 5 ta bog'cha, 20 ta korxona va 60 ta maishiy xizmatlar ham gaz ta'minotidan uzilishi bo'yicha ogohlantirildi.
"Ta'mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta'minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi. Ta'mirlash ishlari yuzasidan qo'shimcha ma'lumot berib boramiz"-deydi "Hududgaz Poytaxt" axborot xizmati.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40403 | Инструменты