Amerikalik parhezshunos Stefani Makkercher karamni iste'mol qilish ovqat hazm qilish tizimiga foydali ta'sir ko'rsatishini aytdi.
Bundan tashqari, ushbu sabzavot yurak mushaklarining to‘g‘ri ishlashi uchun mas’ul bo‘lgan kaliyga ham boy.
Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassisning so'zlariga ko‘ra, karam tarkibida ko‘p miqdorda biriktiruvchi to‘qimalar bor va u ichak mikrobiomasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, karam C vitaminiga ham boy: u organizmda kalsiyning o‘zlashtirilishi va temirning so‘rilishinini yaxshilaydi, xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Karam kaliy va A vitaminiga boy ekanligi ta’kidlangan. Kaliy yurak mushaklarining qisqarishida ishtirok etib, qon bosimi barqarorligini ta’minlaydi. A vitamini esa immunitet, ko‘z va teri salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega.