O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatimizda shaxmat sport turini yanada rivojlantirishga, xalqimiz o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, jahon miqyosida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijaga erishgani, Yangi O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini dunyoga tarannum qilish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sindarov Javohir Sanjarbekovichga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni berildi.
Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchimiz Prezident sovg‘asi - 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112717 | Инструменты