Huawei 1
Yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi belgilandi

“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida” gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3621, 01.05.2025 y.).

Nizom Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari bo‘yicha yuridik kadrlarning (tinglovchi) kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibini belgilaydi.

Tinglovchilar malaka oshirish kurslarida Institut bilan shartnomaga muvofiq to‘lov asosida o‘qitiladi.

Institutda kredit-modul tizimida 1 kredit miqdori 2 akademik soatga teng. Tinglovchi malaka oshirish kursining 1 yili davomida 12 kredit (24 akademik soat)ga teng bo‘lgan o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi lozim.

Malaka oshirish kurslari tinglovchidan 3 yilda 36 kredit (72 akademik soat) hajmdagi o‘quv dasturini o‘zlashtirishni talab qiladi. 

Modul bo‘yicha tinglovchining o‘zlashtirish darajasi 56 foiz va undan yuqori baholangan taqdirda ushbu modul o‘zlashtirilgan hisoblanadi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50301 | Инструменты