Huawei 1
Zoir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Bugun, 18-noyabr kuni Toshkent viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig'ilishibo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirok etdi.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o'rinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlar sektorlar rahbarlari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatlari, Senat a'zolari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari qatnashdilar.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident farmoni bilan yig'ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

Viloyat hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. U joriy yilning 30-yanvar kuni Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Ayni paytga qadar Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Zoir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga ko‘ra Bojxona qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan Murodjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlandi.

Izohlar: 5
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52609 | Инструменты