Bahodir Jalolov WBO reytingidan joy oldi

WBO yanvar oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Unga koʻra, superogʻir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov ham reytingga kiritildi.

Shu tariqa, reytingdan 6 nafar bokschimiz joy oldi:

Hasanboy Doʻsmatov (birinchi oʻta yengil vazn (48,8 kg): 7-oʻrin (oʻtgan oy 8-oʻrinda edi);

Olimjon Nazarov (oʻta yengil vazn toifasi - 50,8 kg) oʻtgan oydagidan 2 pogʻona yuqorilab 5-oʻringa joylashtirildi;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) 7 oʻrin (oʻtgan oy 6-oʻrinda edi);

Shahram Gʻiyosov (yarimoʻrta vazn toifasi - 66,6 kg) oʻtgan oydagi kabi 3-oʻrinni egalladi;

Bektemir Meliqoʻziyev (superoʻrta vazn - 76,2 kg) oʻtgan oydagidek 7-pogʻonada;

Bahodir Jalolov (superogʻir vazn - 101 kg) 15-oʻringa joylashdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты