Belbogʻli kurash: hamyurtlarimiz Jahon chempionati va Kubogida jami 36 ta medal qoʻlga kiritishdi!
Joriy yilning 1-noyabridan 6-noyabriga qadar Rossiyaning Qozon shahrida belbogʻli kurash boʻyicha 15-17 yoshli oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida jahon chempionati hamda kattalar oʻrtasida Jahon kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi.
1-3-noyabr kunlari 26 ta davlatdan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etgan jahon chempionati bahslarida polvonlarimizdan Feruza Sobirova (43 kg.), Quvonchbek Ermuhammedov (45 kg.), Yasmina Sodiqova (52 kg.), Samandar Soliyev (55 kg.) oltin, Joʻrabek Mamadaliyev (50 kg.), Oʻrolbek Sarabekov (71 kg.), Fotix Poʻlatov (77 kg.), Javohirbek Nuʼmonjonov ( +95 kg.), Nilufar Isoqova (+70 kg.) kumush, Fozilbek Abdurahmatov (45 kg.), Asadbek Ikromov (60 kg.), Muhammadqodir Karimjonov (65 kg.), Quvonchbek Azimov (71 kg.), Shodilbek Shodilbekov (85 kg.), Shoxruxbek Shodahmadov, Nafruzbek Mamayusupov (95 kg.), Diyorbek Yoqubov (+95 kg.) Arofatxon Muhamadova (48 kg.), Gavhar Abdusobirova (57 kg.), Roʻzixon Gʻanijonova (63 kg.), Mehriniso Karimova (70 kg.) bronza medalni qoʻlga kiritishdi.
Jahon chempionati musobaqasi yakunlangach, 4-5-noyabr kunlari erkaklar va ayollar oʻrtasida jahon kubogi boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi. Ushbu jahon kubogi musobaqasida ham vakillarimiz munosib ishtirok etib, yakunda klassik yoʻnalishda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlishsa, erkin yoʻnalishda 1 ta kumush 6 ta bronzaga ega chiqishdi.
Oʻtkazilgan jahon chempionati va kubogida yurtdoshlarimizdan Mironshoh Roʻziyev, Elmurod Abdullayev, Jamshid Egamovlar hakamlik vazifasida ishlashdi.
Tashrif davomida Rustam Boboqulov Rossiya federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi sport vazirligi bilan ham hamkorlik doirasida kelishuvlarga erishildi. Kelishuvga koʻra, shuningdek, jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi taklifiga muvofiq, joriy yil noyabr oyining uchinchi oʻn kunligida Boshqirdiston Respublikasi sport vaziri Ruslan Xabibov boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurishadi.
Taʼkidlash joiz, 2019-yilda Toshkent viloyati hokimligi va Tatariston Respublikasi sport vazirligi oʻrtasidagi memorandum imzolangan edi. Shu bois, 3-noyabr kuni Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Rustam Boboqulov terma jamoa tarkibidagi sakkiz nafar belbogʻli kurash boʻyicha viloyat sportchilari bilan Tataristonga tashrif buyurgan.
Musobaqalarda ishtirok etgan Toshkent viloyati sportchilaridan toʻrt nafari medallarga ega boʻlishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50416 | Инструменты