Avvalroq, Shahram Gʻiyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratgani haqida xabar bergan edik. Shahram G‘iyosov ushbu jangdan keyingi intervyuda ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
"Jamoa bilan birgalikda ushbu jangga tayyorgarlik ko‘rdik, nokaut uchun ko‘p kombinatsiyalar ustida ishladik. Va buni uddaladik.
Men uchun tayyorgarlik jarayoni qiyin bo‘ldi. Chunki men qizimni yo‘qotdim. U meni ko‘rib turib, duo qilib turgandi. Men uni sog‘inyapman. Uni juda yaxshi ko‘rardim. Bu g‘alabani qizimning xotirasiga bag‘ishlayman.
Unga jahon chempioni bo‘lishni vaʼda qilgandim. Keyingi jangimda chempionlik uchun jang qilmoqchiman. Menga imkon berishsa, buni uddalayman", - deya ko‘z yoshlarini tiya olmadi Shahram G‘iyosov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41607 | Инструменты