Yevropa Chempionlar ligasi chorakfinal javob o‘yinlariga start berildi.
O‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilgan "Borussiya Dortmund" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar tarkibida Girassi hettrikka erishgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona golini ham maydon egalari vakili o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
Ispaniya bo‘lib o‘tgan o‘yindagi 4:0 hisobidagi g‘alaba "Barselona"ni yarimfinalga olib chiqdi.
Ikkinchi juftlikda "Aston Villa" o‘z maydonida "PSJ" ustidan g‘alaba qozondi – 3:2. Mezbonlar tarkibida Tilemans, Makginn va Konsa bittadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlar safidagi gollarni Hakimi va Mendesh kiritdi.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ilk uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan "PSJ" keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Chempionlar ligasi, chorakfinal. Javob o‘yinlari.
Borussiya Dortmund – Barselona 3:1
Gollar: Girassi 11 (pen.), 49, 76 – Bensebaini 54 (avt.)
Borussiya Dortmund: Kobel – Zyule, Anton, Bensebaini – Koutu (Brandt 77), Gross, Nmecha (Reyna 64), Svensson – Adeyemi (Gittens 77), Girassi, Bayyer (Dyuranvil 65)
Barselona: Shensni – Kunde, Kubarsi, Arauxo, Martin – Gavi (Pedri 59), de Yong – Lopes (E. Garsiya 70) – Yamal (F. Torres 70), Lavandovskiy (Olmo 86), Rafinya
Ogohlantirishlar: Nmecha 56 – de Yong 35
Aston Villa — PSJ 3:2
Gollar: Tilemans (34), MakGinn (55), Konsa (57) — Hakimi (11), Mendesh (27)
Aston Villa: Martines — Din (Matsen, 76), Torres, Konsa, Kesh — Kamara, Onana (Remzi, 67) — Rodjyers, Tilemans (Barkli, 88), MakGinn (Asensio, 66) — Rashford (Uotkins, 76)
PSJ: Donnarumma — Mendesh, Markinos, Pacho, Hakimi — Ruis, Vitinya, Nevesh — Kvaratsxeliya, Dembele, Barkolya (Due, 61)
Ogohlantirish: MakGinn (42)
Alpha version: 0.9.1.19 build 42523 | Инструменты