Huawei 1
Chavandozlarimiz nufuzli musobaqada tengsiz bo‘ldi

Toshkentdagi “Universal horses stable” ot sporti klubida konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha nufuzli musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Konkur bo‘yicha “CSI1-W” Jahon kubogi hamda "AEF Cup" Osiyo kubogi doirasida navbatdagi g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.  Quvonarlisi, ushbu musobaqalarda bir necha chavandozimiz shohsupaga ko‘tarildi. Jumladan, “Competition 3”  yo‘nalishida 125 sm. to‘siqlardan ot sakratishda Bekzod Qurbonov “Santos Hippica”  laqabli otida oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, Alisherjon Erkinov “Etos” nomli tulpori bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi. “Competition 4” bo‘yicha 145 sm. balandlikdagi to‘siqlardagi konkur bellashuvlarining Gran-pri saralashida Bekzod Qurbonov “Quintus HB” oti bilan eng yaxshi natija qayd etdi.  

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda Saidamirxon Turg‘unboyev (“Calleko” ), Xurshidbek Alimjonov (“Quintus HB” ) kuchli uchlikdan joy oldi.“AEF Cup” Osiyo kubogining 115 sm. balandlikdagi to‘siqlarda o‘tkazilgan bellashuvlarida Bahromjon G‘oziyev “Jodcasalla A” nomli tulporida kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Saidamirxon Turg‘unboyev “Jordy” laqabli otida bronza medaliga loyiq topildi.  

Bugun,  20 aprel kuni “CSI1-W” Jahon kubogi,  “Grand Prix” bo‘yicha final bahslari bo‘lib o‘tadi. Darvoqe, musobaqa davomida 160 sm. balandlikdagi to‘siqlarda ot sakratish bo‘yicha “Eurasia League”  (Maxima Masters Eurasia cup) final bosqichida chavandozlar raqobatlashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42204 | Инструменты