Dunyodagi eng boy sportchilar reytingi yangilandi

Sportico nashri tarixdagi eng boy sportchilar reytingini yangiladi

Eng yaxshi 50 nafar sportchi inflyatsiyani hisobga olgan holda 50 milliard dollar va 2023-yil oxiriga kelib 35,5 milliard dollar ishlab topdi. Reyting 9 ta sport turi va 17 davlatdan sportchilarni o'z ichiga olgan. Serena Uilyams ro‘yxatdagi yagona ayol (40-o‘rin, 630 million dollar).

Boylik ish haqi, mukofotlar, reklama, litsenziya to‘lovlari, ommaviy axborot vositalaridan, jamoat faoliyatidan tushgan daromadlar, kitoblar, esdalik sovg‘alari va sport bilan bog‘liq boshqa turdagi faoliyat turlarini hisobga olgan holda baholandi.

Bundan tashqari, homiy kompaniyalarning aksiyalarini sotishdan olingan foyda hisobga olindi. Oddiy investitsiya faoliyatidan olingan daromadlar hisobga olinmaydi. Karyera davomida va undan keyingi daromadlar hisobga olindi.

Top 20 reyting bilan tanishing:

1. Maykl Jordan (basketbol) – 3,75 milliard dollar.

2. Tiger Vuds (golf) – 2,66 mlrd.

3. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 1,92 mlrd.

4. Arnold Palmer (golf) – 1,76 mlrd.

5. LeBron Jeyms – 1,7 mlrd.

6. Jek Niklaus (golf) – 1,67 milliard dollar.

6. Lionel Messi (futbol) – 1,67 mlrd.

8. Devid Bekxem (futbol) – 1,5 mlrd.

9. Rojer Federer (tennis) – 1,49 mlrd.

10. Floyd Meyvezer (boks) – 1,48 mlrd.

11. Fil Mikkelson (golf) – 1,43 milliard dollar.

12. Mixael Shumaxer (“Formula 1”) – 1,36 mlrd.

13. Shakil O'Nil (basketbol) – 1,21 mlrd.

14. Kobi Brayant (basketbol) – 1,09 mlrd.

15. Greg Norman (golf) – 1,06 mlrd.

16. Neymar (futbol) – 1,01 mlrd.

17. Kevin Dyurant (basketbol) – 955 mln.

18. Mayk Tayson (boks) – 905 mln.

19. Lyuis Xemilton (“Formula 1”) – 880 mln.

20. Aleks Rodriges (beysbol) – 775 mln.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты