Huawei 1
Hindistonlik shaxmatchi “Prezident kubogi-2024” g‘olibi bo‘ldi

Poytaxtda 9 kun mobaynida qiziqarli o‘yinlarga boy kechgan “Prezident kubogi-2024” bahslari nihoyasiga yetdi. Shiddatli o‘tgan bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, hindistonlik Nihal Sarin so‘nggi turda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bilan o‘tgan o‘yinda durangga erishdi va “A” guruhi chempioniga aylandi.

“Prezident kubogi-2024”ning 9-turida Javohir Sindorov oq donalarda Nilash Sahani, Shamsiddin Vohidov oq donalarda Ortiq Nigmatovni, Nodirbek Yoqubboyev qora donalarda Ayush Sharmani mag‘lubiyatga uchratdi. Yosh shaxmatchimiz Saidakbar Saidaliyev qora donalarda tajribali Parham Magsudluga imkoniyatni boy berdi. 

Nihal 7,5 ochko bilan eng yaqin taʼqibchilarini yarim ochkoga ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan holda 25 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi. 2-o‘rindan 7 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga Javohir Sindorov joy egallagan bo‘lsa, keyingi pog‘onalardan joy olgan Parham Magsudlu va Shamsiddin Vohidov ham 7 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты