Huawei 1
Jahon chempionatida 2 nafar dzyudochimiz sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi

15 iyun kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatining uchinchi kungi bellashuvlarida terma jamoamiz a’zolaridan Shukurjon Aminova va Shahram Ahadov musobaqalarda o‘z ishtirokini boshlaydi.

Shukurjon Aminova -57 kilogramm vaznda ilk bellashuvni fransiyalik Marta Favazga qarshi o‘tkazsa, Shahram Ahadov -73 kilo og‘irlikda Lavjargal Anhzaya (Mo‘g‘uliston) /Aron Jabo (Vengriya) g‘olibiga qarshi bahsga kirishadi.

Chempionatning ortda qolgan ikkinchi kungi bellashuvlaridan so‘ng Yaponiya terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan 93 ta davlat orasida yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni Italiya, Fransiya va Tojikiston terma jamoalari band etgan.

Eslatib o‘tamiz, yakkalik vazn toifalaridagi jahon chempionati musobaqalari 19 iyunga qadar davom etadi. 20 iyun kuni 16 ta milliy terma jamoa ishtirokida jamoaviy bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ular qatorida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham jamoaviy bahslarda qatnashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70510 | Инструменты