2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarining stol tennisi sovrindorlari KXDR, Janubiy Koreya va Xitoydan bo‘lgan sportchilar medallarni qo‘lga kiritib, birgalikda suratga tushishdi. Bu haqda Match TV yozmoqda.
Kadrlarda sportchilar tennischilardan birining telefon kamerasiga qarab, jilmayib turganini ko‘rish mumkin.
Xitoylik Van Chuqin va Sun Yingsha Parij Olimpiadasida stol tennisining aralash juftlik bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalda ular KXDR vakillari Li Chen Sik va Kim Kim Yongni 4:2 (11:6, 7:11, 11:8, 11:5, 7:11, 11:8) hisobida mag‘lub etishdi. KXDR terma jamoasi Parijdagi o‘yinlarda ilk medalini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, Shimoliy Koreya sportchilari koronavirus pandemiyasi tufayli Tokio-2020 o‘yinlarini o‘tkazib yuborishdi.
Bronza Janubiy Koreya sportchilari – Lim Jong Xun va Shin Yu Binga nasib etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12606 | Инструменты