Janubiy Koreyada yengil atletika boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush medalga sazovor bo'lishdi

Bugun Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida yengil atletika boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Osiyo chempionati boshlandi. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ilk kunning oʻzida 2 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Dunyozod Sayfulalev disk uloqtirish, Malika Nasriddinova yadro uloqtirish yoʻnalishlarida shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy olishdi. Sayfullayev oʻz chiqishi davomida 55.58 metr natija qayd etgan boʻlsa, Nasriddinova 15.76 metr bilan musobaqani yakunladi.

Disk uloqtirish, yigitlar:
- Bxartprit Sinx (Hindiston) – 55.66
- Dunyozod Sayfullayev (Oʻzbekiston) – 55.58
- Muhammadrizo Sisaxt (Eron) – 55.44

Yadro uloqtirish, qizlar:
- Lin Jiatsin (Xitoy) – 15.91
- Malika Nasriddinova (Oʻzbekiston) – 15.76
- Gao Yirui (Xitoy) – 15.30

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40409 | Инструменты