Amerikalik UFC jangchisi Jastin Getji Rafael Fiziyev bilan jangdan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar qilmoqda MMA Mania.
"O‘ylaymanki, har yili men "Yil jangi"da qatnashaman, shuning uchun ha, bu jang bitta bo‘lishi kerak. Menimcha jang ajoyib bo‘ladi. Yoshlik, ochlik... huddi besh yil avvalgidek. U xuddi menda besh yil oldin bo‘lgani kabi yonmoqda. Men olovdan o‘tishga tayyorman. Shanba kuni biz qorong‘i joyga boramiz va men uni cho‘ktirishni rejalashtiryapman ", - deydi Getji.
Getji va Fiziyev o‘rtasidagi jang 18-mart kuni Londondagi UFC 286 turnirida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji so‘nggi jangida Charlz Oliveyraga yutqazib qo‘ygandi. Getji hammasi bo‘lib MMAda 23 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyatga ega. Fiziyev esa 13 ta jangning 12 tasida g‘alabaga erishgan. Iyul oyida jangchi Rafael dos Anosni nokautga uchratgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72401 | Инструменты