Mahmud Murodovning Misha Sirkunovga qarshi jangi bekor qilindi

O'rta vazn toifasida harakat qiluvchi o'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning joriy yil 26 fevral kuni Latviya vakili Misha Sirkunovga qarshi jangi bekor qilindi. Bu haqda uning o‘zi Instagram sahifasi orqali xabar qildi.

Murodovning ta'kidlashicha, mashg‘ulotlar vaqtida qo‘lidan olgan jarohati sababli jang bekor bo‘lgan.

"Assalomu alaykum. Men qayg'uli xabar bilan bo'lishmoqchiman, afsuski, mashg'ulotlarda qo'limdan jarohat oldim. Muayyan tekshiruvlardan so'ng tiklanish jarayoni qancha davom etishi aniq bo'ladi. Raqibim, UFC va barcha muxlislarimdan uzr so‘rayman. Men 26 fevral kuni jang qilishni juda xohlagan edim, puxta tayyorgarlik ko'rdim, afsuski, jarohat ham peshanamizda bor ekan. Bu jang martga ko'chirilsa xursand bo'lardim. Yana bir bor barchadan uzr so'rayman, bu sport va ba'zi holatlarda biz shunchaki ojizmiz. In Sha Alloh tiklanib yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz", deydi Murodov.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40212 | Инструменты