Aynki kunlarda Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha “Prague Chess Festival 2024” turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov turnir jadvalida peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi.
Ortda qolgan 4 ta turdan so‘ng Nodirbek 3 ochko jamg‘arib, eronlik Parxam Magsudlu bilan qo‘shhokimlik qilyapti.
3-turda mezbon shaxmatchi David Navarani mag‘lubiyatga uchratgan Abdusattorov 4-turda hindistonlik Gukesh Domarjuga qarshi dona surib, durangga imzo chekdi.
Ma’lumot uchun, bugun, 2-mart kuni 19 yoshli Abdusattorov 5-tur polshalik Mateush Bartelga qarshi bahs olib boradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32702 | Инструменты