Huawei 1
O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi tashkil etiladi – loyiha

O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi negizida O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentning karate (WKF) sport turini yanada ommalashtirishga doir tegishli qarori loyihasida ma’lum qilindi.

Belgilanishicha, Karate assotsiatsiyasi O‘zbekiston karate milliy federatsiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Shuningdek, mazkur tuzilma Xalqaro karate federatsiyasi (WKF) tomonidan o‘rnatilgan talab va qoidalar asosida O‘zbekistonda karate sport turlari bo‘yicha barcha federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyatini birlashtiradi hamda ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi.

Bundan tashqari jismoniy imkoniyati cheklanganlar yoshlar o‘rtasida parakarateni rivojlantirish va ularning bu boradagi iqtidorini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi tizimida parakarate bo‘limi tashkil etiladi.

Mazkur hujjat loyihasi bilan 2023–2026 yillarda karate sport turini rivojlantirishning qator yo‘nalishlari ham belgilab berilmoqda.

Unga ko‘ra:

  • karate aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilinadi;
  • iqtidorli sportchilar, shu jumladan sportchi-ayollar aniqlanib, ushbu yo‘nalishda sportchilar tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yiladi;
  • maktabgacha yoshdagi bolalarda karatening «Kata» yo‘nalishiga qiziqish uyg‘otish maqsadida istiqbolda maktabgacha ta’lim muassasalarida «kids karate» loyihasi ishga tushiriladi;
  • aholining barcha qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarning karate bilan shug‘ullanishlari uchun hududlarda «Karate hamma uchun» dasturini ishlab chiqish va amalga oshiriladi.

Karate sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122314 | Инструменты