O‘zbekistonlik Bogdan Guskov UFC’dagi ikkinchi jangida AQSH vakilini nokautga uchratdi

Las-Vegasda UFC Vegas 86 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnir doirasida o‘zbekistonlik Bogdan Guskov ham o‘z jangini o‘tkazdi.

Guskov prelim kardda AQSH vakili Zak Paugaga qarshi jang qildi. Bogdan birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi.

O‘zbekistonlik sportchi UFC’dagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. Guskov promoushendagi debyutini shveysariyalik Volkan O‘zdemirga qarshi o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты