Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kungi dasturida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shahram Ahadov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, sovrinlari qatoriga qit’a chempionligini ham qo‘shib qo‘ydi. Shuningdek, Shukurjon Aminova hamda Arslon Tojiyev ham o‘z vazn toifalarida shohsupaga ko‘tarildi.
Oltin medal:
Bronza medal:
Ma’lumot o‘rnida, kechagi, ya’ni 25 aprel kungi dasturda -66 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik dzyudochi Zamoxshari Bekmurodov oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42704 | Инструменты