Og‘ir atletika: O‘zbekistonlik sportchi qizlar Eronda o‘tkazilayotgan 1-Xalqaro Navro‘z Olimpiadasida 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi
O‘zbekistonlik sportchi qizlar Eronning Tehron shahrida o‘tkazilayotgan 1-Xalqaro Navro‘z Olimpiadasida ishtirok etmoqda. Bugun og‘ir atletikachilarimiz musobaqada 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Nigora Abdullayeva -55 kg, Tursunoy Jabborova +81 kg vazn toifasida oltin, Rigina Adashbayeva esa -81 kg toifasida bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Abdullayeva ikki kurash bo‘yicha 180 (80+100) kg, Jabborova 240 (105+135) kg natija ko‘rsatdi. Adashbayeva esa 215 (100+115) kg toshni bo‘ysundirdi. Shuningdek, Sevinchoy Komilova (-71 kg) 192 (87+105) kg bilan to‘rtinchi pog‘onani egalladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80214 | Инструменты