Og'ir atletika: faxrli sportchimiz Adhamjon Ergashev Osiyo chempioni!

Ayni kunlarda Bahraynning Manama shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

-67 kg vazn toifasida bahs olib borgan Adhamjon Ergashev dast koʻtarish mashqida 138 kg, siltab koʻtarishda 176 kg, ikki kurash boʻyicha esa 314 kg natija qayd etdi. U bilan raqobatlashgan hech bir raqibi ushbu koʻrsatkichlarni yaxshilay olmadi va yurtdoshimiz 3 ta oltin medalga sazovor boʻldi.

Erkaklar | -67kg

Natijalar:

1. ERGASHEV ADHAMJON — 314kg (138+176 OʻZBEKISTON)
2. Yasin Muhammad — 303 (137+166 Indoneziya)
3. Anucha Doungsru — 301 (136+165 Tailand)

Maʼlumot uchun: Osiyo chempionatida ayni vaqtda hamyurtlarimiz hisobida 3 ta oltin, 3 ta bronza medal bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40412 | Инструменты