Huawei 1
Oksana Chusovitina jarohati sabab Parij olimpiadasida qatnasha olmaydi

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Oksana Chusovitina ikki oydan keyin Parijda boshlanadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. U saralash o‘yinlari oldidan jarohat olgan.

48 yoshli sportchi bu haqda 23 -ay kuni Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasidagi mashqlar chog‘ida jarohat olgan. 24–26-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan chempionat olimpiada uchun saralash vazifasini ham bajaradi.

“Qadrli muxlislarim, gimnastika ishqibozlari. Sizlarga qayg‘uli xabarim bor. Kecha gimnastika bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati – Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasi oldidan mashg‘ulotlarda jarohat oldim. Endi bu musobaqada qatnasholmayman. Afsusdaman, chunki musobaqaga juda katta tayyorgarlik ko‘rgandim. Katta kuch bilan qaytgandim. O‘z yurtimda muxlislar, jamoatchilik qarshisida musobaqada qatnashishni istagandim. Lekin siz mening ishtirokimni ko‘rmaysiz”, – dedi Chusovitina.

U barchaga minnatdorchilik bildirib, muxlislarni o‘zbekistonlik sportchi qizlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. “Men ham o‘sha yerda bo‘lib, qizlarimizga muxlislik qilaman”, – dedi sportchi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты