Huawei 1
Olimpiada chempionlari va sovrindorlariga Prezident sovg‘alari topshirildi

Tokio olimpiadasida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston sportchilari delegasiyasi Toshkentga yetib keldi.

Ularni Senat raisi Tanzila Narbayeva, Bosh vazir Abdulla Aripov, Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxitov va boshqa mutasaddilar kutib olishdi. Aeroportning o‘zida sportchilarimizni qutlash uchun tantanali marosim o‘tkazildi.

Shundan so‘ng Milliy olimpiya qo‘mitasida davom etgan tadbirda olimpiada o‘yinlari chempionlari va sovrindorlariga  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus  sovg‘alari topshirildi. Unga ko‘ra:

Olimpiada o‘yinlarida oltin medal olgan sportchilarga Toshkent shahridan 4 sotixli, 3 xonali kottedj va Tahoe avtomobili;

- bronza medali sohiblariga 2 xonali uy va Trailblazer avtomobillari topshirildi.

Shuningdek, oltin uchun 200 ming AQSH dollari, bronza uchun 50 ming AQSH dollari pul mukofoti ham beriladi.

Sportchilarimizga mukofotlar muborak bo‘lsin deb qolamiz!

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21113 | Инструменты