Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari yakuniy bosqichga kirdi.
Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari yakuniy bosqichga kirdi. Ertaga musobaqada eng so'nggi vazn toifalarda bahslar bo'lib o'tadi. Bugun esa xotin-qizlar o'rtasida 75 hamda 90 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazildi.
90 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Dolera Davronovaga teng keladigan raqib topilmadi. U dast ko'tarishda 90 kg, siltab ko'tarishda 118 kg, umumiy 208 kg. tosh ko'tarib oltin medalga sazovor bo'ldi. Ana shu tariqa Osiyo Kubogida terma jamoamiz a'zorlari tomonidan qo'lga kiritilgan oltin medallar soni 4 taga yetdi. Ushbu vazn toifasida koreyalik No Eun Yong 202 kg. natija bilan kumush medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, bronza mongoliyalik Erdenbat Bilegsaixanga nasib etdi.
75 kg. vazn toifasida kurash olib borgan Omadoy Otaqo'ziyeva esa ikkinchi o'rin bilan cheklandi. Omadoy 92+121=213 kg. natija bilan kumush medaliga sazovor bo'ldi. Hozircha Osiyo Kubogi va klublar o'rtasidagi qit'a chempionatida terma jamoamiz a'zolari 4 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega bo'lishdi.
Muattar Nabiyeva - oltin
Dolera Davronova - oltin
Sarvar Toshtemirov - oltin
Kumushxon Fayzullayeva - oltin
Muhammadali Qaxramonov - kumush
Tursunoy Jabborova - kumush
Sunnatilla O'sarov - kumush
Omadoy Otaqo'ziyeva - kumush
Fayzullo Nabiyev - bronza
Maxliyo Tog'oyeva - bronza
Musobaqa ertaga, 2 noyabr kuni yakuniga yetadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40410 | Инструменты