Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan Para Osiyo o‘yinlarini O‘zbekiston terma jamoasi 8-o‘rinda yakunladi. Qo‘lga kiritilgan medallarning 25 tasi oltin, 24 tasi kumush, 30 tasi bronza medali hisoblanadi.
Para Osiyo o‘yinlarida xitoylik sportchilar medallar soni bo‘yicha ham, sifati bo‘yicha ham yakka peshqadam bo‘lishdi. Ular 214 ta oltin, 167 ta kumush, 140 ta bronza, jami 521 ta medal bilan umumjamoa hisobida yetakchilikni nishonlashgan bo‘lsa, Eron (44 ta oltin, 46 ta kumush, 41 ta bronza, jami 131 ta medal) va Yaponiya (42 ta oltin, 49 ta kumush, 59 ta bronza, jami 150 ta medal) bilan terma jamoalar orasida ikkinchi va uchinchi natijani qayd etishdi.
Keyingi o‘rinlarni Janubiy Koreya (30 ta oltin, 33 ta kumush, 40 ta bronza, jami 103 ta medal), Hindiston (29 ta oltin, 31 ta kumush, 51 ta bronza, jami 111 ta medal), Indoneziya (29 ta oltin, 30 ta kumush, 36 ta bronza, jami 95 ta medal), Tayland (27 ta oltin, 26 ta kumush, 55 ta bronza, jami 108 ta medal) jamoalari band etishdi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaqin taʼqibchilarimiz Qozog‘iston para-sportchilari 41 ta medal (8 ta oltin, 12 ta kumush, 21 ta bronza) bilan umumjamoa sifatida 11-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Qirg‘iziston (1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza, jami 4 ta medal) bilan 23-pog‘onani egalladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122311 | Инструменты