Faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan o‘zbekistonlik jahon chempioni Ruslan Abdullayev afsonaviy Oskar De La Xoyya boshchiligidagi Golden Boy promouterlik kompaniyasi aʼzosiga aylandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
22 yoshli Ruslan prof faoliyati davomida hozircha bitta jang o‘tkazib, g‘alabaga erishgan. U 7 mart kuni Indio shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomi doirasida Xose Valensuela Alvaradoni nokautga uchratgan edi.
Golden Boy kompaniyasi bilan Abdullayevdan tashqari yana bir o‘zbekistonlik bokschi — Bektemir Meliqo‘ziyev ham hamkorlik qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32019 | Инструменты