Huawei 1
Ruslan Abdullayevning prof boksdagi ikkinchi jangi sanasi maʼlum bo'ldi

Superyengil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik professional bokschi Ruslan Abdullayevning keyingi jangi bo‘yicha maʼlumotlar paydo bo‘ldi.

Unga ko‘ra, 22 yoshli Ruslan 19 aprel kuni ringga qaytadi. Hamyurtimiz AQSH yoki Meksikadagi professional boks oqshomlarining birida ishtirok etadi. Abdullayevga o‘sha kuni kim raqib bo‘lishi shu kunlarda maʼlum bo‘ladi.

Bu Ruslan Abdullayev uchun prof boksdagi ikkinchi jangga aylanadi. Charm qo‘lqop ustamiz ilk jangini shu yilning mart oyida Xose Valensuela Alvaradoga qarshi o‘tkazib, nokaut evaziga g‘olib bo‘lgandi. Abdullayev havaskor boksda jahon chempioni (2023) hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41800 | Инструменты