Shahram G‘iyosov tantanali kutib olindi

Ikki kun avval AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgan charm qo‘lqop ustamiz Vatanga qaytib keldi.

Bokschimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida keng sport jamoatchiligi vakillari tantanali ravishda kutib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, yarimo‘rta vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Shahram G‘iyosov (17-0, 10 KO) AQSHdagi boks oqshomida argentinalik Franko Okampo (17-3, 8 KO)ni to‘rtinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. Bu buxorolik bokschimizning prof faoliyatidagi 17-g‘alabasi bo‘lgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21506 | Инструменты