Huawei 1
Shaxmat Olimpiadasi. O’zbekiston Ukraina va Gretsiyani mag’lub etdi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

18-sentyabr kuni musobaqaning 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tur doirasida O‘zbekiston yigitlar jamoasi Ukrainani 3:1 hisobida, qizlar jamoasi esa Gretsiya termasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. 

Erkaklar:

O‘zbekiston — Ukraina 3:1 

- Nodirbek Abdusattorov — Andrey Volokitin 1:0; 

- Nodirbek Yakubboyev — Vasil Ivanchuk 0,5 : 0,5; 

- Javohir Sindorov Ruslan Ponomaryov 1:0; 

- Shamsiddin Vohidov — Anton Korobov 0,5 : 0,5.

Ayollar: 

O‘zbekiston - Gretsiya 2,5 : 1,5 

- Afro‘za Hamdamova — Stavroula Colakidou 0:1; 

- Umida Omonova —Anastasiya Avramidou 1:0; 

- Marjona Malikova — Ekterini Pavlidou 0,5 : 0,5; 

- Nodira Nodirjonova — Markantonaki Xaritomeni 1:0.

7-turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar jamoasi 3-o‘rinda bormoqda. Musobaqa reytingining dastlabki ikki o‘rnida Hindiston va Eron joylashgan.

Qizlar o‘rtasidagi jadvalda ham Hindiston jamoasi yetakchi bo‘lib turibdi. Polsha va Qozog‘iston kuchli uchlikni yakunlab bergan. O‘zbekiston qizlari 11-o‘rinda bormoqda.

Musobaqaning 8-tur uchrashuvlari bugun, 19-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston yigitlar jamoasi Serbiya bilan, qizlar esa AQSH jamoasi bilan to‘qnashadi. Ma’lumot uchun, AQSH tarkibida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Gulruhbegim Tohirjonova harakat qiladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты