Huawei 1
Surxondaryolik polvon Tojikistonda xalqaro turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi

Joriy yil 19-mart kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Otchopar” majmuasida o‘tkazilgan katta kurash musobaqasida mutlaq vaznda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Surxondaryo viloyati hokimining bosh sovrini – “Gentra” avtomobili egasiga aylangan  Muhammadkarim Xurramov bugun yana bir g‘alabaga erishdi.

Sportchimiz Tojikistonda o‘tkazilgan kurash musobaqasida ham mutlaq vaznda barcha raqiblarini mag‘lub etib, bosh sovrin – 10 ming AQSH dollari bilan mukofotlandi.

Ma’lumot uchun, dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov 1997-yilning 4 aprelida Sherobod tumanida tug‘ilgan. Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati g‘olib va sovrindori, Dyusseldorf “Katta dubulg‘a” turnirining oltin medal sohibi. Vohadoshimiz -100 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62819 | Инструменты