Huawei 1
Tata Steel Chess 2024: Nodirbek Abdusattorov ilk turda hindistonlik grossmeyster bilan durang o'ynadi

Niderlandiyaning Veyk an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha Tata Steel Chess 2024 turniri start oldi. 13-yanvar kuni musobaqada ilk partiya bellashuvlari o‘tkazildi.

Turnirning masters guruhida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ilk bahsda hindistonlik Dommaraju Gukeshga qarshi dona surdi. O‘yin durang natija bilan yakunlandi.

Nodirbek ilk partiyadagi durangdan so‘ng 0,5 ochko bilan 14 nafar shaxmatchi orasida oltinchi natijani qayd etib turibdi.

14-yanvar, yakshanba kuni turnirda 2-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты